O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga asosan Toshkent shahri mahallalarida yoshlar bilan ishlashda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 31-mart kuni O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrning solist-vokalistlari Yashnobod tumanidagi «Mohinur» MFYda aholiga bahoriy kayfiyat ulashdilar.