🎭O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi o‘zining navbatdagi mehnat ta’tilidan so’ng yana ijodga qaytdi.
✅Har yili odatdagidek ta’tildan qaytgan teatrning butun ijodiy jamoasi, ma’muriy, texnik xodimlari va teatr rahbariyati teatr zalida yig‘ildilar. Yig‘ilishda sahnalashtirilishi rejalashtirilgan asarlar, ishlab chiqarish, repetitsiya jarayonlari, teatrning 50-yillik yubiley mavsumi borasida bajariladigan ishlar yuzasidan suhbatlashildi, shuningdek respublika va xorij bo‘ylab uyushtiriladigan gastrol safarlari haqida so‘z yuritildi.
Ayni paytda teatr jamoasi 50-teatr mavsumining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.