O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri ijodiy jamoasi joriy yilning 18-20-oktabr kunlari Xorazm viloyati Urganch va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shaharlarida gastrol safarida bo‘ldilar. 18-oktabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrida, 19-oktabr kuni Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri hamda Qoraqalpoq davlat yosh tomashiblar teatrida operetta teatrining bosh rejissyori “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi G.Najidova tomonidan sahnalashtirilgan “Intervyu s legendoy” O‘zbekiston xalq artisti B.Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan musiqali spektakli namoyish etildi.

You are here: