O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida 2023-yilning 29-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining topshiriq xatlariga asosan teatrda Korruptsiyaga qarshi kurashish, Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzishda “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga amal qilish, shuningdek tashkilot jamoa shartnomalari va o‘rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan teatr ma’muriy boshqaruv xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.          Yig‘ilishda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samarasi, korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tushunchalar berilib, tegishliligi bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi va ushbu masalalar yuzasidan teatrning ichki biyrug‘i tasdiqlandi.

You are here: