O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi o‘zining navbatdagi mehnat ta’tilidan so’ng yana ijodga qaytdi. Har yili odatdagidek ta’tildan qaytgan teatrning butun ijodiy jamoasi, ma’muriy, texnik xodimlari va teatr rahbariyati teatr zalida yig‘ildilar. Yig‘ilishda sahnalashtirilishi rejalashtirilgan asarlar, ishlab chiqarish, repetitsiya jarayonlari, teatrning 50-yillik yubiley mavsumi borasida bajariladigan ishlar yuzasidan suhbatlashildi, shuningdek respublika va xorij bo‘ylab uyushtiriladigan gastrol safarlari haqida so‘z yuritildi. Ayni paytda teatr jamoasi 50-teatr mavsumining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. ЯнгиликларBy ilyos1011.08.2022Leave a comment