2021-yilning 13-dekabr kuni O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Samarqand viloyatidagi gastroli davomida “Afsona bilan suhbat” (N.Salixova) O’zbekiston xalq artisti B.Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan spektakl-kontsertni Samarqand viloyati rus drama teatrida Samarqand ahli uchun namoyish etdilar. Ushbu spektakl nafaqat Operetta teatri sahnasida balki teatrning gastrol safarlarida ham tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, muvaffaqiyatli namoyish etib kelinmoqda.