2023-yilning 22-24-sentabr kunlari Karaganda akademik musiqali komediya teatrida “DosStar” operetta va myuzikl XII festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yil Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Fransiya va O‘zbekistondan kelgan mehmonlar “DosStar” festivali ishtirokchilari bo‘lishdi. Festivalda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri solistlari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov va yetakchi sahna ustasi Diana Sherezdanovalar taklif etildi. Solist-vokalist Sur’at Ortiqov I.Shtrausning “Letuchaya mish” klassik operettasidagi Alfred rolini ijro etdi. Shuningdek, katta gala-konsertda S.Ortiqov va D.Sherezdanovalar teatrning joriy repertuaridan mumtoz operettalardan parchalar ijro etishdi.

You are here: