O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarori 2-ilovasi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining 25-bandida “Davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar o‘rtasida jonli muloqotlar tashkil etish” belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yilning 1-sentabr “Ochiq eshiklar kuni”da O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida “Aladdin” (A.Menken) musiqali spektakli keng  jamoatchilikka  namoyish etildi.

You are here: