Joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori B.A.Ganiyevning Musiqali Teatrlar Assotsiatsiyasi prezidenti G.G.Isaakyan, “Sankt-Peterburg opera” davlat musiqali kamer teatri direktori Y.S.Maligin va Novosibirsk musiqali teatri direktori L.M.Kipnis hamda “Zazerkalye” Sankt-Peterburg davlat bolalar musiqali teatri direktori A.R.Mustakimovlar bilan o‘zaro ijodiy hamkorlik memorandumini imzolash yuzasidan rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.