22-aprel kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida forum ishtirokchilari tantanali ravishda karnay surnay sadolari va o’zbek milliy urf-odatlari aks ettirilgan sahna ko’rinishi bilan kutib olindi. So’ngra forum ishtirokchilari, madaniyat va san’at namoyandalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori B.A.Ganiyev, Musiqali Teatrlar Assotsiatsiyasi prezidenti G.G.Isaakyan, “Sankt-Peterburg opera” davlat musiqali kamer teatri direktori Y.S.Maligin va Novosibirsk musiqali teatri direktori L.M.Kipnis hamda “Zazerkalye” Sankt-Peterburg davlat bolalar musiqali teatri direktori A.R.Mustakimovlar so’zga chiqdilar. Mehmonlar O‘zbekistonda musiqali teatr san’atini yanada rivojlantirish, xorijiy musiqali teatrlar bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar va oav savollariga javob berdilar..