2022-yilning 23-aprel kuni “Turkiston” san’at saroyida “OPERETTA.UZ” I Xalqaro musiqali teatrlar forumining yopilishiga bag‘ishlangan katta gala-kontsert bo‘lib o‘tdi. Gala konsertda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Rossiya musiqali teatrlarining yetakchi solistlari ishtirok etdilar.
Kontsert dasturida jahon mumtoz va zamonaviy asarlaridan musiqiy parchalar, shuningdek balet attistlari tomonidan raqslar namoyish etildi.
Kontsert yakunida barcha ishtirokchilar ushbu forum uchun maxsus bastakor A.Nizomedinxo‘jaeva she’r muallifi O.Salixov tomonidan yozilgan “Operetta madhiyasi” ijro etildi.
Forumning xorijlik ishtirokchilariga sertifikatlar, forum sharafiga statuetkalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.