#tadbir_muzey
✅2022-yil 28-sentabr kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga kontsert dasturi bilan tashrif buyurdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarori asosida tashkillashtirildi. Kontsert dasturida teatrning yetakchi solistlari N.Lapkova, O.Zvartseva, B.Chuliyev, E.Baronina, Z.Tupikova, V.Klimov va D.To‘xtanazarovlar yig’ilganlarni o’z chiqishlari bilan xushnud etdilar.
@tashkentoperetta