O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda «Mahallada duv-duv gap» loyihasi asosida tumandagi barcha mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgan. Shunga muvofiq joriy yilning 8-yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov Uchtepa tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ishtirok etdi.