O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 23-noyabrdagi 945-son qarorida madaniy tadbirlarni (spektakl, ko‘rgazma, seminarlar ) ko‘zi ojizlar va yaxshi ko‘rmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun tiflosharxlash amaliyotini joriy qilish belgilangan.
Shunga muvofiq joriy yilning 24-25-avgust kunlari Toshkent shahrida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri xodimlari ishtirok etdilar.