O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-fevraldagi «Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat muassasalarini 2021-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’ylab gastrol safarlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi majlis bayoniga asosan O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi 13-14-dekabr kunlari Samarqand viloyatiga gastrol safariga jo’nab ketdilar. Ayni damda Samarqand viloyati rus drama teatrida “Afsona bilan suhbat” (N.Salixova) O’zbekiston xalq artisti B.Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan spektakl-kontsertni namoyish etishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar.