2022-yilning 22-mart kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi «Teatr tomoshalari haftaligi» doirasida sevimli tomoshabinlari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Teatr foyesi bayramona ruhda bezatildi. Tomoshabinlar e’tiboriga foyeda sahna ko’rinishi namoyish etildi. So’ngra «Navro’z» bayramiga bag’ishlangan teatrlashtirilgan kontsert dasturi namoyish etildi. Dasturda teatrning solist-vokalistlari, xor va balet artistlari ishtirok etdilar.