• O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrining spektakllari (teatrlashtirilgan kontsert dasturlari)ga chipta sotib olgan har bir tomoshabin teatr binosidagi jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart.
  • Теаtr binosiga kirish tomosha boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi.
  • Tomoshabin teatr mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi kerak, kutilmaganda moddiy zarar yetkazilsa, tomoshabin uni to‘liq qoplashi shart.
  • Agar tomoshabin tomonidan teatr gardirobiga topshirilgan buyumni tasdiqlovchi nomerok yo‘qolib qolgan holatda, tasdiqlovchi nomerok narxi to‘liq miqdorda tomoshabindan undirib olinadi.
  • Teatr kirish qismida xavfsizlik tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, professional xavfsizlik xizmati tomonidan har bir tomoshabin undan o‘tishi lozim. Uning talabiga binoan kesuvchi buyumlar, qurol, o‘z-o‘zini himoya qilish asboblari, audio va video vositalari vaqtinchalik saqlash uchun topshirilishi lozim.
  • Agar tomoshabin xavfsizlik nazoratidan o‘tishdan bosh tortsa, teatr ma’muriyati uni teatr binosiga kiritmaslikka haqlidir.
  • Yurak kardiostimulyatori va boshqa tibbiyot asboblari bo‘lgan shaxslar xavfsizlik nazoratidan o‘tishdan avval teatr ma’muriyatiga xabar berishi lozim.

Tomoshabinlar zaliga shu hollarda  kirish taqiqlanadi:

  • Katta sumkalar, portfellar, jamadonlar, fotoapparat, videokameralar hamda audio-videoyozuvchi vositalar bilan;
  • Oziq-ovqat va ichimliklar bilan;
  • Sport kiyimida;
  • Kechki spektakllarga 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiritilmaydi.
  • Teatr tomoshalari intellektual mulk hisoblanadi. Buning uchun teatr ma’muriyatining maxsus ruxsatisiz fotosuratlar, kino, videofilmlar, televizion tasvirlar, spektaklning har qanday audio yozuvlari va ulardan parchalar olish ta’qiqlanadi.
  • Uchinchi qo‘ng‘iroqdan so‘ng tomosabinning zalga kirishi ta’qiqlanadi. Spektaklga kech qolgan hollarda tomoshabin zaldagi bo‘sh o‘rindiqlarni egallashi lozim. Tanaffusdan so‘ng chiptada ko‘rsatilgan joyga borib o‘tirishi mumkin.
  • Ikkinchi qo‘ng‘iroqdan so‘ng tomoshabin uyali aloqa vositasini o‘chirib qo‘yishi shart.
  • Spektakl vaqtida tomosabinning uyali aloqa vositasidan foydalanishi hamda zalda harakatlanishi ta’qiqlanadi.
  • Teatr binosiga giyohvand modda va sarxush holatda kirish ta’qiqlanadi. Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar ta’siri ostida bo‘lgan shaxslar teatrga kiritilmaydi.
  • Kechki spektakllarga tashrif buyuradigan tomoshabinlarning har birida alohida chipta bo‘lishi lozim.
  • Bolalar uchun mo‘ljallangan ertak spektakllarga 3 yoshdan oshgan bolalar uchun alohida chipta bo‘lishi shart.
  • Bolalar uchun mo‘ljallangan spektaklga chipta xarid qilinayotganda ota-onalar e’tiborliroq bo‘lishlari hamda teatrning yoshga nisbatan cheklovi bo‘yicha tavsiyalarini inobatga olishlari kerak.
  • Teatr ma’muriyati teatr repertuariga o‘zgartirish kiritish xuquqiga ega hisoblanadi.
  • Agar teatr repertuarida o‘zgarish bo‘lsa, sotib olingan chiptalar xaqiqiy deb hisoblanadi.

TEATR BINOSI HAMDA UNING HUDUDIDA CHEKISH TA’QIQLANADI