2022-yil 15-yanvar kuni 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida teatrlashtirilgan kontsert dasturi namoyish etildi. Kontsert dasturiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent bojxona instituti xodimlari va kursantlari, O‘zbekiston faxriylari va nogironlari jamiyati vakillari taklif etildi.