✅O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidа»gi 112-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi joriy yilning 19-20-may kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatri sahnasida Teatr bosh rejissyori “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi G. Najidova tomonidan sahnalashtirilgan O’zbekiston xalq artisti B.Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Intervyu s legendoy” (N.Salixova) musiqali spektaklini Jizzax ahli uchun namoyish etdilar. Spektakl qizgin hissiyotlar va taassurotlarga boy bo’ldi va albatta tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

You are here: