🎭2023-yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sergey Kapriyelov tomonidan sahnalashtirilgan “Arshin mal alan” spektaklining 100-namoyishi bo‘lib o‘tdi. “Arshin mal alan” asari “Prodavets ruchnogo tovara” nomi bilan ham mashhur boʻlib, u ozarbayjonlik bastakor Uzeyir Gadjibekov tomonidan 1913-yilda Sankt-Peterburgda yozilgan mashhur operettadir. Operetta librettosining muallifi bastakorning o’zi. Quvnoq, hajviy vaziyatlarga to‘la, maftunkor va o‘ziga xos musiqasi bilan ajralib turadigan “Arshin mal alan” musiqali spektakli teatr ixlosmandlari tomonidan hamisha iliq kutib olinadi.

You are here: