2023-yilning 8-noyabr kuni O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri ijodiy jamoasi yaqin xorij, MDH davlatlari hamda Rossiya Musiqali Teatrlari Assotsiyatsiyasining navbatdagi “Видеть музыку” VIII xalqaro musiqali teatrlar festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Festival doirasida teatr joriy repertuaridagi “Rebyonok naprokat” (A.Ergashev, J.Letraz) musiqali spektakli bilan Moskva shahridagi yosh aktyor musiqali bolalar teatrida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. ЯнгиликларBy ilyos1014.11.2023Leave a comment
2023-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida 2023-yil davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan «Chelovek amfibiya» ikki pardali musiqali spektakli Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Badiiy kengash vakillari ishtirokida jamoatchilik ko’rigi bo’lib o’tdi. Mazkur spektaklga rejissyor sifatida Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist Georgiy Isaakan jalb etilgan. ЯнгиликларBy ilyos1014.11.2023Leave a comment
2023-yilning 22-24-sentabr kunlari Karaganda akademik musiqali komediya teatrida “DosStar” operetta va myuzikl XII festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yil Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Fransiya va O‘zbekistondan kelgan mehmonlar “DosStar” festivali ishtirokchilari bo‘lishdi. Festivalda O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri solistlari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov va yetakchi sahna ustasi Diana Sherezdanovalar taklif etildi. Solist-vokalist Sur’at Ortiqov I.Shtrausning “Letuchaya mish” klassik operettasidagi Alfred rolini ijro etdi. Shuningdek, katta gala-konsertda S.Ortiqov va D.Sherezdanovalar teatrning joriy repertuaridan mumtoz operettalardan parchalar ijro etishdi. ЯнгиликларBy ilyos1028.09.2023Leave a comment
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri solistlari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov va yetakchi sahna ustasi Diana Sherezdanova 2023-yilning 22—24-sentabr kunlari Karaganda shahrida (Q’ozog’iston Respublikasi) bo‘lib o‘tgan “DosStar” XII operetta va myuzikl festivalida ishtirok etdilar. ЯнгиликларBy ilyos1028.09.2023Leave a comment
2022-yil 2-sentabr kuni O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrining 51- teatr mavsumi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Posledniy chardash» musiqali spektakli keng jamoatchilikka namoyish etildi ЯнгиликларBy ilyos1005.09.2023Leave a comment
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarori 2-ilovasi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining 25-bandida “Davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar o‘rtasida jonli muloqotlar tashkil etish” belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yilning 1-sentabr “Ochiq eshiklar kuni”da O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida “Aladdin” (A.Menken) musiqali spektakli keng jamoatchilikka namoyish etildi. ЯнгиликларBy ilyos1002.09.2023Leave a comment
«Silva», «Maritsa», «Bayadera», «Mister Iks», «Sigan premer» ushbu operettalarining nomlari ularning yaratuvchisi, venger bastakori Imre Kalmanning yorqin iste’dodi tufayli dunyoga tanish. Venger ohanglarining barcha temperamentini o’z musiqasiga kiritib, ularni milliy rang, orzular, sir va bayramona ruh bilan to’ldiradi. «Posledniy Chardash» bastakorning rafiqasi Vera Kalman tomonidan aytilgan operettalardagi sevgi hikoyasidir… ЯнгиликларBy ilyos1030.08.2023Leave a comment
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aziz muxlislarni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan 1-sentabr kuni, soat 11.00 da Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan “Aladdin” musiqali spektakliga taklif etadi! ЯнгиликларBy ilyos1030.08.2023Leave a comment
2023-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Badiiy kengash vakillari ishtirokida G.Najidova tomonidan H.H.Niyoziyning “Maysara” asari asosida (bastakor A.Ergashev, she’rlar muallifi A.Vasilyeva, insinirovka muallifi G.Najidova) sahnalashtirilgan musiqali spektaklning jamoatchilik ko’rigi bolib otdi. Dirijyor – G.Abrarov Rejissyor yordamchisi – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist S.Ortiqov Sahnalshtiruvchi rassom – R.Ibraimov Liboslar dizayneri – Z.Kasimova Baletmeyster – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist F.Isayeva Xormeyster – Ya.Karabanova ЯнгиликларBy ilyos1013.07.2023Leave a comment
2023-yilning 25-iyun kuni O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida 50-teatr mavsumining yopilishiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Kontsert dasturida teatrning yetakchi solist-vokalistlari, xor va balet artistlari ishtirok etdi. ЯнгиликларBy ilyos1013.07.2023Leave a comment