2023-yil 6-aprel kuni Chilonzor tumanidagi “Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘ini 178-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Referendumi doirasida “Bu mening Konstitutsiyam” nomli targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri ijodkorlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist S.Ortiqov, teatr solistlari N.Lapkova, E.Baronina, B.Chuliyev, D.Toʻxtanazarovlar hamda balet artistlari G.Mambekova, E.Rahimova, S.Rixsiyevalar o’z chiqishlari bilan yig’ilganlarni xushnud etdilar.

You are here: