O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining “Toshkent viloyatida “Madaniyat karvoni” shaklida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2023-yil 24-fevraldagi 42-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent viloyatining tumanlarida spektakllar namoyish etish belgilangan. Shunga muvofiq joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Toshkent viloyati Bekobod tumanida gastrol safarida bo‘ldilar. Safar davomida Toshkent viloyati Bekobod tumani, Guliston mahallasida teatr joriy repertuaridagi “Afsona bilan suhbat” (O‘zbekiston xalq artisti B.Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan) musiqali spektakli namoyish etildi.

You are here: